Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Epidemiyalarga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etiladi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Epidemiyalarga qarshi va profilaktik chora-tadbirlarni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasiga asosan tashkil etilayotgan jamg‘armaning moliyalashtirish manbalari belgilab berildi. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish tartibi jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifa va maqsadlardan kelib chiqqan holda shakllantirilishi bo‘yicha alohida band ko‘zda tutilgan.
Epidemiyalarga qarshi kurash tadbirlari uchun ajratilgan budjet mablag‘larini sarflash tartibi ikkita yo‘nalish bo‘yicha, shu jumladan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xodimlarni rag‘batlantirish miqdorlari belgilangan. Jamg‘arma mablag‘larini maqsadli sarflash maqsadida, jamg‘arma mablag‘lari kengash orqali boshqarilishi belgilab qo‘yildi.
Vazirlar Mahkamasining “Epidemiyalarga qarshi kurashish jamg‘armasini tashkil etish va mazkur jamg‘armaga ajratilgan mablag‘larni sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi qabul qilinishi bilan “Epidemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlar uchun budjet assignatsiyalarini sarflash va epidemiyalarga qarshi kurashga yuborilgan tibbiyot va boshqa xodimlarning xizmat safarini to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma”ni bekor qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish reglamentiga asosan belgilangan tartibda taklif kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi
Jahon | 08:27
-
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
Jahon | 08:22
-
Egasiz ko‘chmas mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
Ko‘chmas mulk | 07:55
-
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi
Jahon | 07:53
Mavzuga oid

18:27 / 04.07.2025
Tojikistonda chorva orasida kuydirgi kasalligi tarqaldi

08:56 / 25.04.2025
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi

20:35 / 01.04.2025
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi

11:33 / 19.03.2025