Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi gavjum joylardagi piyodalar yo‘lakchalariga piyodalar boshqaradigan svetoforlar o‘rnatiladi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi va mahalliy ijro etuvchi organlar bilan birgalikda 2021–2023 yillarda bosqichma-bosqich barcha maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari oldiga hamda yondosh yo‘llariga tezlik me’yorini keskin kamaytirgan holda, 30 km/soatda harakatlanishni bildiruvchi yo‘l belgilari va sun’iy notekisliklar o‘rnatib, to‘liq jihozlaydi;
Shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo‘lakchalariga piyodalar boshqaradigan svetoforlar o‘rnatiladi. O‘quvchilarni bepul tashish xizmatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’yektlariga litsenziya to‘lovlari va boshqa yig‘imlar bo‘yicha imtiyoz berish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Ichki ishlar vazirligi:
Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini barcha umumta’lim maktablariga biriktiradi va ular tomonidan o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalari borasida savodxonligini oshirish bo‘yicha “sinf soatlari”da yo‘l harakati xavfsizligi uchun belgilangan mavzular doirasida bilimlar berib borilishini ta’minlaydi;
ta’lim muassasalariga biriktirilgan xodimlarni o‘tgan mashg‘ulotlari uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib boradi;
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
Mavzuga oid

14:55 / 20.06.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida yo‘l harakatini boshqarish tizimi joriy etilishi mumkin

12:38 / 25.02.2025
Hozircha kamera va radarlarga tushganda yoziladigan jarimalar 12 balli tizimga qo‘shib hisoblanmaydi

13:03 / 22.02.2025
To‘xtash talabini bajarmaganlar bir yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi mumkin

15:26 / 20.09.2024