Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilida prezident saylovlarining hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tadi

Foto: Reuters
19 dekabrda Chilida prezident saylovlarining hal qiluvchi 2-bosqichi bo‘lib o‘tadi. Oliy davlat lavozimiga “Sha’nni ma’qullayman” so‘l koalitsiyasidan Gabriel Borik va hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi Respublika partiyasidan Xose Antonio Kast da’vogarlik qilmoqda.
Cadem kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, Borikka respondentlarning 40 foizi, Kastga 35 foizi o‘z ovozini berishga tayyorligini, qolgan 25 foizi esa saylovlarda ishtirok etmasligini yoki hali o‘z tanlovini amalga oshirmaganini bildirgan.
Prezident saylovlarining 1-bosqichi 21 noyabrda bo‘lib o‘tgan va unda 7 nomzod ishtirok etgan. Nomzodlardan birortasi g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ko‘proq ovozni to‘play olmagani uchun 2-bosqich belgilangan. Unga 27,91 foiz ovoz bilan Kast va 25,83 foiz ovoz bilan Borik yo‘l olgan.
Chilida prezident saylovlari pandemiya sababli yuz bergan inqiroz va 2019 yil oktyabrda boshlangan hamda hozirgacha ta’siri sezilayotgan yuqori darajadagi ijtimoiy keskinlik ortida o‘tmoqda. O‘shanda Janubiy Amerikada eng barqaror va muvaffaqiyatli davlatlardan biri hisoblangan Chilida noroziliklar va tartibsizliklar bo‘lib o‘tgan. Shundan keyin hukumat Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitini o‘tkazishdan voz kechgan va komendantlik soati kiritgan. Tartibsizliklarni 2019 yil noyabrda hukumat bir qator islohotlarni o‘tkazishga va yangi konstitutsiyani ishlab chiqishga va’da bergandan keyingina to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:30
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

21:36 / 23.06.2025
Chilida dunyodagi eng katta teleskop birinchi sinov tasvirlarini uzatdi

20:13 / 02.05.2025
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

14:14 / 26.02.2025
Chilida butun mamlakat bo‘ylab blekaut yuz berdi

22:59 / 14.02.2025