Samarqandda YPX xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs ushlandi

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Samarqand shahrida YPX xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs ushlangan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 13 dekabr kuni Samarqand shahrida YPX xodimlari F.Xudoyberdiyev va S.Shirinov tomonidan xizmat mobaynida qidiruvdagi shaxs ushlangan.
Jumladan, tekshiruvlar davomida Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, joriy yil 27 noyabr kunidan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1983 yilda tug‘ilgan D.X. ushlangan.
Fuqaroning qidiruvdaligi planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirish jarayonida ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, YPX xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va fuqaro D.X. Samarqand viloyati IIB JQB xodimlariga topshirilgan.
Mavzuga oid

22:47 / 13.10.2022
Erini o‘ldirib xorijga qochgan, 19 yil qidiruvda bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi

21:07 / 03.10.2021
Andijon xalqaro aeroportida qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan

17:31 / 24.04.2021
O‘zbekistonda 2020 yilda qidiruvga berilgan shaxslarning 75 foizi ushlanmagan - senator

18:14 / 26.02.2021