O‘zbekiston | 19:02 / 10.12.2021
3046
2 daqiqa o‘qiladi

Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘riladigan birinchi galdagi chora-tadbirlar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, prezident endokrinologiya xizmatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘riladigan birinchi galdagi chora-tadbirlarni belgilab berdi. 

Bular:

- kelgusi yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi (10 million nafar) yiliga kamida bir marta manzilli endokrin skriningdan o‘tkaziladi;

- tibbiyot brigadalari va poliklinikalarning 14 mingdan ziyod oilaviy va ta'lim muassasalari shifokorlari endokrin kasalliklarni aniqlash va birlamchi yordam ko‘rsatishga o‘qitiladi;

- har bir tibbiyot brigadasi ekspress-testlar o‘tkazish uchun glyukometr bilan ta'minlanadi;

- endokrin kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri ishga tushiriladi;

- kelgusi yil 1 iyuldan 2 million nafar ayollar, 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta'minlanadi;

- qandli diabet uchun metformin preparati 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga bepul tarqatiladi;

- bolalar va kattalarni odam insulini bilan bepul ta'minlash dasturi davom ettiriladi. Bunda ilk bor 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga analogli insulin beriladi.

Mavzuga oid