Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat budjeti hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati e'lon qilindi

Foto: Kun.uz
Prezidentning “O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati quyidagicha:
- bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- chin yetimlar;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- 1941 — 1945 yillardagi urushdan nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- 1941 — 1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
- yolg‘iz yashovchi yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlangan kam ta'minlangan oilalar a'zolari bo‘lgan pensiyaga chiqqan shaxslar;
- Chernobil AES falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- baynalmilalchi-jangchilar;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlangan kam ta'minlangan oilalarga mansub shaxslar;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha ginekologik kasalliklari mavjud hamda patologiyali homilador ayollar;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha endokrin kasalliklarga chalingan bemorlar;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha teri kasalliklari va jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha sil kasalligiga chalingan shaxslar.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslar.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
Mavzuga oid

16:01 / 25.06.2025
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ayrim vakolatlar beriladi

14:49 / 24.06.2025
Birlamchi tibbiy yordam muassasalari uchun tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi tasdiqlandi

08:40 / 30.05.2025
Yirik soliq to‘lovchilardan davlat budjetiga tushumlar miqdori aytildi

20:08 / 22.05.2025