Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘limni qayd etish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
2022 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida, 2022 yil 1 iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o‘lim haqida tibbiy ma'lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi;
o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma'lumotnoma o‘lim haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat'iyan taqiqlanadi.
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda tegishli vazirlik va idoralarda davlat xizmatining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini ta'minlash maqsadida axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘radi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi o‘lim haqida tibbiy ma'lumotnoma berish vakolatiga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalari, mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar va tibbiy-ijtimoiy muassasalar o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zarur kompyuter texnikalari bilan jihozlanishini, yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i hamda “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishini ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
Jahon | 07:41
-
Narkologik kasallikka yo‘liqqan mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llanishi mumkin
O‘zbekiston | 07:36
-
Rossiya Polshaning Kaliningraddagi konsulligini yopishga qaror qildi
Jahon | 07:34
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
Mavzuga oid

11:15 / 19.04.2025
Xorijiy fuqarolarga to‘lov evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi

16:36 / 30.12.2024
Hindistonda havo ifloslanishi millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda

08:11 / 14.12.2024
Kanadada har yigirmanchi o‘limga evtanaziya sabab bo‘lmoqda

12:02 / 22.11.2024