Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxt IIBB boshlig‘i va shahar prokurori «jinoyatchilik o‘chog‘i»ga tashrif buyurdi
Toshkent shahri IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latov hamda shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov Bektemir tumanidagi vaziyatni o‘rgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu tashrif davomida Qo‘yliq bozori atrofidagi hududlar jinoyatchilik o‘chog‘iga aylangani bilan bog‘liq holat tanqidiy muhokama qilinganini qayd etgan.

«Davlatimiz rahbarining 2021 yil 29 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta'minlash yuzasidan joylarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i A.A.Toshpo‘latov Bektemir tumanida joylashgan «Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori» AJ, «Qo‘yliq dehqon bozori» AJ hamda «Kompass» savdo majmuasiga tashrif buyurib, tuman mas'ullari ishtirokida mazkur hududlarning jinoyatchilik o‘chog‘iga aylanganligi holatini tanqidiy muhokama qildi.
Muhokama davomida jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi yuzasidan topshiriqlar berildi», deyiladi xabarda.

- Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Shayxontohur tumaniga tashrif chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda jinoyatchilik holatlari oshgani haqida gapirib, shahar IIBB boshlig‘i hamda shahar prokurori faoliyatini tanqid ostiga olgan, Aziz Toshpo‘latov va Ulug‘bek Qosimovning bu boradagi faoliyati yetarli bo‘lmayotganini aytib, ularni keskin tanqid qilgandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
-
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:10
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
Mavzuga oid

12:27 / 08.08.2025
Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

17:01 / 09.07.2025
IIVga tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

10:06 / 21.04.2025