Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni ta'sis etiladi
Prezident “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining:
- “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishonini ta'sis etish;
- hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslarni ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlash amaliyotini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda joylarda “inson qadri uchun” shiori bilan amalga oshirilayotgan islohotlarda o‘zining faol ishtiroki, aholining turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha tashabbuslari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan mahallalar va hokim yordamchilarini rag‘batlantirib borish maqsadida “Eng namunali mahalla” va “Faol hokim yordamchisi” kabi ko‘rik-tanlovlarning muntazam o‘tkazib borilishini ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Uch qahramon» bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Jamiyat | 05:42
-
Tramp uysizlarni Vashington tashqarisiga chiqarib yubormoqchi
Jahon | 01:25
-
AQShda Labubu qo‘g‘irchoqlari o‘g‘rilar nishoniga aylanmoqda
Jahon | 01:11
-
Polshada YeI pullari yaxtalar va saunalar uchun sarflangani aytilmoqda - Bryussel izoh talab qildi
Jahon | 00:48
Mavzuga oid

08:53 / 08.08.2025
Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalar infratuzilmasi yaxshilanadi

07:42 / 07.08.2025
Davlat organlari hududidan savdo faoliyati uchun foydalanish mumkin bo‘ladi

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

14:03 / 09.07.2025