Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemalalik migrant AQShga samolyotning shassi qismida uchib keldi
Gvatemala fuqarosi AQShning Mayami shahriga Boeing 737-800 samolyotining shassi bo‘lmasiga yashiringan holda uchib keldi. Parvoz 3 soatga yaqin davom etgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

Videodan kadr
Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea 27 noyabrda yuz bergan. 26 yoshli migrant aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagiga yashirincha o‘tib, samolyotni parvozga tayyorlash vaqtida uning shassi bo‘lmasiga yashirinib olgan.
Noodatiy yo‘lovchi AQShga kelgandan keyin chegarachilar tomonidan ushlangan. Ma'lumotlarga ko‘ra, unga xavfli parvoz vaqtida shikast yetmagan. Erkak tekshiruvdan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga yetkazilgan.
Avgust oyida Afg‘onistonda hokimiyatni toliblar egallagandan keyin Kobul aeroportidan evakuatsiya vaqtida bir qancha afg‘onistonliklar AQSh harbiy samolyotiga tashqi tomondan chirmashgan holda mamlakatni tark etishga uringan. Biroq ular yuqori tezlikda uchuvchi samolyotning shassisi yoki korpusini uzoq vaqt davomida ushlab tura olishmagan va natijada katta balandlikdan yerga qulab halok bo‘lishgan.
Jumladan, Kobuldan AQShga kelgan S-17 harbiy-transport samolyoti shassi qismida jasad topilgan. Keyinroq ushbu jasad futbol bo‘yicha Afg‘oniston yoshlar terma jamoasi a'zosi Zakiy Anvariyga tegishli ekani aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda birinchi marta tungi yorug‘lik asosida iqtisodiy faollik baholandi
Iqtisodiyot | 07:17
-
«Uch qahramon» bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Jamiyat | 05:42
-
Tramp uysizlarni Vashington tashqarisiga chiqarib yubormoqchi
Jahon | 01:25
-
AQShda Labubu qo‘g‘irchoqlari o‘g‘rilar nishoniga aylanmoqda
Jahon | 01:11
Mavzuga oid

01:11
AQShda Labubu qo‘g‘irchoqlari o‘g‘rilar nishoniga aylanmoqda

22:33 / 10.08.2025
AQShda eng badbashara kuchuk egasiga 5000 dollar mukofot berildi

10:17 / 10.08.2025
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi

22:29 / 09.08.2025