Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mollarga kunjara bersak qoplamaydi - Mingbuloqlik chorvador

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida yashovchi Umarxon Abdumalikov xalqqa go‘sht yetkazib berish maqsadida qoramol boqadi. Hozirda uning og‘ilida 20 ta boquvdagi mollari bor. Umarxon hayvonlarni aholi kam istiqomat qiladigan qishloqda boqadi. Chunki og‘ildan chiqadigan hid odamlarga salbiy ta'sir keltirishi mumkin. Shu sababdan bu qishloqdagi aholining katta qismi chorvachilik bilan shug‘ullanadi.
“Qishloq hudud bo‘lsa-da, qoramollarni boqish ancha mushkul. Ozuqa ekish uchun yer sotib olaman desangiz yer qimmat” - deydi qahramonimiz. U hozirda jonivorlarini "silos" bilan boqmoqda. “Silos” berish ham dekabr oyida kamaytiriladi. Chunki zaxira yetmay qolishi mumkin. Shu sababli qish boshlanishi bilan maxsus qozonda atala, ozuqa taom pishiriladi. U esa somonga qo‘shib beriladi. Chorvadorning aytishicha, bitta qoramol o‘rtacha 6-8 oyda yetiladi. Unga esa 2-3 mln.gacha pul sarf etiladi. Daromad ham shunga yarasha. Hayvonlar kasallanmasdan, yaxshi yetiladigan bo‘lsa, o‘rtacha 3-4 mln daromad olish mumkin. Jonivorlarni eson-omon semirtirib olish esa, o‘ziga yarasha mashaqqat hisoblanadi.
Umarxon Abdumalikov qoramol boqishda jonivorlarning ishtahasiga, ularning og‘iz bo‘shlig‘iga, hazm qilish va chiqaradigan axlatiga doim e'tibor berish kerakligini ta'kidlaydi. Shu holatlarga e'tibor berilishi hayvonlar kasal bo‘lishining oldini olishga katta yordam beradi.
Qahramonimiz avvalgidek qoramollarga kunjara va shunga o‘xshash yem berish bugungi kunda qoplamasligini aytadi. Hozir asosan “silos”, bug‘doy va makkajo‘xori yemi bilan oziqlantiriladi. Bu esa qoramollar semirish jarayoniga ta'sir o‘tkazishini aytdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

09:39 / 01.07.2025
Namanganda qalbaki valuta sotuvchilar qo‘lga olindi

17:14 / 12.06.2025
“Yem-xashakka ketgan pullarni chiqarib olish ham osonmas” – uyida qoramol boqayotgan chorvadorlar

14:56 / 04.06.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga yirik va mayda shoxli qoramollar yetkazib beriladi

11:57 / 19.05.2025