O‘zbekiston | 17:16 / 22.11.2021
2594
1 daqiqa o‘qiladi

Salvadorda dunyodagi birinchi kriptovalutali shahar quriladi

Sentyabrda Salvador bitkoynni qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan olgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi.

Foto: Reuters

Salvador dunyodagi birinchi kriptovalutali shahar qurish uchun bitkoyn-obligatsiyalar chiqaradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nayib Bukele e'lon qildi deb xabar berdi Reuters.

Shahar Bitkoyn Siti deb nomlanadi, u La-Yunion regionida bunyod etiladi.

Rejaga ko‘ra, shahar vulqondan geotermal energiya oladi, uning aholisi esa qo‘shimcha qiymat solig‘idan boshqa barcha soliqlardan ozod bo‘ladi. 

Bukelening qo‘shimcha qilishicha, Salvador 2022 yilda dastlabki bitkoyn-obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirgan.

Sentyabrda Salvador bitkoynni qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan olgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi va kriptovaluta sotib olishni boshladi.

Ekspertlarning fikricha, kriptovalutadan foydalanish salvadorliklarga mehnat migrantlarining xorijdan pul o‘tkazishdagi komission xarajatlarida 400 mln dollargacha tejashlariga imkon beradi,

Mavzuga oid