Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murodjon Ahmadaliyev chempionlik kamarlarini himoya qildi
Murodjon Ahmadaliyev 12 raund davom etgan jangda Xose Velaskesni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratib, WBA va IBF chempionlik kamarlarini o‘zida saqlab qoldi.

Foto: DAZN
Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (10-0, 7 KO) AQShda navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Nyu-Hempshirning Manchester shahrida Murodjon Ahmadaliyevga chililik Xose Velaskesga qarshi ringga chiqib, to‘liq raund davom etgan bahsda ochkolar evaziga (119-109) g‘alaba qozondi va o‘z kamarlarini himoya qildi. Dastlabki raundlarda Ahmadaliyev ustunlikka erishgan bo‘lsa, jangning o‘rtalaridan Velaskes ham faollik ko‘rsatdi.
Oxirgi raundlarda esa o‘zbekistonlik bokschi raqibiga nisbatan faolroq harakat qilib, o‘z g‘alabasini ta'minladi.

Rio Olimpiadasi sovrindori hisoblangan Murodjon Ahmadaliyev 2018 yilning martida «Mir boksa« promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolab, professional bokschi sifatida faoliyatini boshlagan.
Murodjon Ahmadaliyev 2020 yilning yanvarida Daniel Romanni mag‘lub etib, profi ringdagi sakkizinchi jangidayoq biryo‘la ikkita chempionlik kamariga ega chiqqandi. U 2021 yil aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tgan jangida yaponiyalik Ryosuke Ivasani beshinchi raundda nokautga uchratib, o‘z kamarlarini himoya qilgandi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

09:55 / 31.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

09:25 / 04.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang qiladi

04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi

08:50 / 17.12.2023