Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Shermatov AKT vazirligiga qaytmoqda
Sherzod Shermatov nomzodi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga ma'qullandi.

Foto: Kun.uz
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 17 noyabrdagi yalpi yig‘ilishida Xalq ta'limi va AKT vazirliklariga rahbar nomzodini ma'qullash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyev xabar qilmoqda.
«Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga shu kunga qadar Xalq ta'limi vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Shermatov Sherzod Xotamovich nomzodi ma'qullandi», deyiladi xabarda.
1977 yilda tug‘ilgan Sherzod Shermatov Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchisi sanaladi (1998). U shuningdek, AQShdagi Yyel universitetini tamomlagan (2000).
Mehnat faoliyatini 2000 yilda Moliya vazirligi Valuta iqtisod bosh boshqarmasi bosh iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. Keyingi yillarda Vazirlar Mahkamasi, BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston prezidenti apparatida turli lavozimlarda ishlagan.
U 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 2014 yildan 2016 yil noyabrigacha Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo‘lgan, 2016 yil noyabridan 2017 yil fevraligacha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan, 2017-2018 yillarda shu vazirlikka rahbarlik (v.b) qilgan.
Shermatov 2018 yilning iyunida Ulug‘bek Inoyatov o‘rniga Xalq ta'limi vaziri etib tayinlangandi.
- Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshida O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi bilan bog‘liq vaziyat ortidan AKT vaziri Shuhrat Sodiqov ishdan olingandi. U 2018 yil avgustidan buyon Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
-
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jahon | 19:23
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
-
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
Jahon | 18:58
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi

18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi

09:05 / 15.03.2024