Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblarning harbiy paradi. Afg‘onistondagi yangi hukumat qo‘lga kiritilgan texnikalarni namoyish etdi

Foto: Reuters
Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan «Tolibon» radikal harakati Kobulda harbiy parad o‘tkazdi. Toliblar mamlakat poytaxtida marsh qilib o‘tishdi, AQSh harbiylari olib ketilishidan keyin qo‘lga kiritilgan yoki avvalgi hukumat qoldirgan harbiy texnikalarni namoyish etdi.
Jumladan, Kobul ustidan Rossiyada ishlab chiqarilgan «Mi-8/17» vertolyotlari uchib o‘tgan.

Afg‘onistonning yangi hukumati vakilining aytishicha, parad yangi tayyorlangan 250 nafar jangchining «bitiruv kuni»ga to‘g‘ri kelgan.
Ammo Reuters agentligi tahlilchisi Gibran Pishimamning hisoblashicha, bu paraddan asosiy maqsad - butun dunyoga «Tolibon» endi shunchaki isyonchi guruh emas, balki muntazam armiyaga ega siyosiy kuch bo‘lganini namoyish etishdir.
Toliblar o‘z rejimi qudratini namoyish etishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, xalqaro gumanitar agentliklar mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat halokatga yaqinlashayotganini xabar qilishmoqda, oldindagi qishda millionlab afg‘onlarga och qolish xavfi tahdid solmoqda.
Namoyish etilgan texnika va qurollarning katta qismi amerikaliklar ketgach, qulab tushgan avvalgi hukumat davrida Afg‘oniston armiyasi tasarrufida bo‘lgan.

Kobuldagi asosiy magistral bo‘ylab AQShda ishlab chiqarilgan M1117 rusumli o‘nlab zirhli texnikalar olib o‘tildi, ularning ustida esa rossiyaliklar tayyorlagan «Mi-8/17» vertolyotlari parvoz qildi. Parad ishtirokchilari esa qo‘llarida Amerikada ishlab chiqarilgan M4 rusumli vintovkalarni tutib olishgandi.
«Tolibon» rasmiylari avvalgi hukumat armiyasining harbiy mutaxassislari, xuddi uchuvchilar va mexaniklar kabi yangi qurolli kuchlar tarkibiga bosqichma-bosqich kiritib boriladi.
Ammo avvalroq rossiyalik mutaxassislar toliblar avvalgi afg‘on armiyasi aviatsiyasini jangovar shay holatda tutib turishiga shubha bildirishgandi, chunki buning uchun nafaqat uchuvchilar, balki sifatli texnik xizmat ko‘rsatish hamda ehtiyot qismlar ham kerak bo‘ladi. «Rosoboroneksport» rahbari Aleksandr Mixeyev «Interfaks» agentligi bilan suhbatda aytishicha, Afg‘onistonning avvalgi hukumati qulagan mahalda u yerda 100ga yaqin «Mi-17» vertolyotlari qolgandi.

Amerika hukumati nazorat organi - Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha alohida inspektorat hisobotiga ko‘ra, 2002 yildan buyon AQSh Kongressi ushbu mamlakatni tiklash uchun jami 144,4 mlrd dollar ajratgan. Shundan 88,3 mlrd dollar Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va qurolli kuchlari harbiylarini o‘qitish, qurollantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilgan.

Qurollarning ma'lum qismi armiyaning sobiq harbiylari qochib o‘tgan qo‘shni respublikalarga olib o‘tilgan, ammo toliblar mamlakatda qolgan texnikani o‘zlashtirishgan.
Toliblar birinchi marta harbiy parad o‘tkazmayapti. 8 noyabr kuni ham Qandahorda harakat vakillari texnika va yangi formadagi harbiy xizmatchilarni namoyish etgandi.

Lekin ushbu harbiylar «Tolibon» a'zolari ekanini bilmagan odam, qo‘llaridagi qurollari va ustidagi liboslaridan kelib chiqib, ularni amerikaliklar bo‘linmasi deb o‘ylashi ham mumkin.

Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:19
-
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda
Jahon | 21:19
-
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi
Jamiyat | 20:44
-
O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:40
Mavzuga oid

13:27 / 23.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

19:02 / 22.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Kobulda «Tolibon» mudofaa vaziri bilan uchrashdi

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025