Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya xalqaro yuk tashuvlari sohasida yangi tizimni ishga tushiradi
O‘zbekiston va Turkiya xalqaro yuk tashuvlari sohasida «E-Permit» tizimini ishga tushiradi. Mazkur tizim yuklarni tashish uchun ruxsatnomalarni raqamlashtirishga qaratilgan.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, joriy yil 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston Transport vazirligi hamda Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligi ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboshlash tizimi loyihasini ishga tushirish bo‘yicha harakatlarni boshlagan.
Shu yilning iyul oyida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma komissiyaning Toshkentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboshlash tizimini tatbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olingandi.
Ushbu elektron tizimni amaliyotga joriy etishning dastlabki bosqichi doirasida O‘zbekiston Transport vazirligi Turkiya tomoni bilan kelishgan holda ilk marotaba E-Permit tizimidan foydalanib sinov avtokarvonini tashkil etdi.
Joriy yil 6 noyabr kuni O‘zbekistondan yo‘lga chiqqan avtokarvon 10 noyabr kuni “Sarp” chegara o‘tkazish punkti orqali Turkiyaga yetib bordi. Avtokarvon Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligi mutasaddilari hamda bojxona ma'muriyati vakillari tomonidan kutib olindi.
“Bu kabi zamonaviy raqamli texnologiyalar va so‘nggi avlod IT ishlanmalarining sohaga keng joriy etilishi transport operatsiyalarini jadallashtirish va mamlakatlarimiz o‘rtasida tovar oqimini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etadi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

11:14 / 21.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025