Xitoy kompaniyasi Homtruck elektr yuk mashinasini namoyish etdi
Elektr yuk mashinasini 2024 yilda ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Foto: Geely
Yangi elektr yuk mashinasi Yevropa, Koreya, Yaponiya va Shimoliy Amerika bozorlariga yo‘naltiriladi, deya yozmoqda CNBC.
Homtruck metanoldagi gibrid elektr dvigatel va faqat elektr dvigatelda taqdim etiladi. Yuk mashinasida dush, hojatxona, bir kishilik karavot, muzlatgich, oshxona hududi va kir yuvish mashinasi bo‘ladi.
Elektr yuk mashinasi boshqaruvchisiz mashina haydash texnologiyasidan qisman foydalanadi. Uzoq vaqt yurish davomida mashinalar bir-biri bilan hamkorlik qilishi, xavfsiz tezlik va masofani saqlab turishi mumkin.
2026 yilga borib kompaniya avtonom boshqarish funksiyasini yaxshilashni va 2030 yilgacha esa Homtruck’ni to‘liq boshqaruvchisiz elektr yuk mashinasiga aylantirishni rejalashtirmoqda.
2017 yilda Tesla o‘z elektr yuk mashinasini namoyish etgandi. Yanvar oyida kompaniya uni ishlab chiqarish jarayonini o‘z akkumulyatorlarini ishlab chiqarish muammolari tufayli to‘xtatdi.
Mavzuga oid

23:31 / 26.02.2018
Ilk elektron yuk mashinasi 1,5 yilga yetmay xarajatlarni qoplashi taxmin qilindi

22:30 / 22.01.2018
Tesla Semi elektr yuk mashinasi ilk bor oddiy yo‘lda payqaldi

11:01 / 24.11.2017
Tesla yangi elektr yuk mashinasining dastlabki narxlarini ma'lum qildi

00:56 / 04.11.2017