Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chililik deputat parlament yig‘ilishida 15 soat nutq so‘zladi
Deputatlar orada ikki marta 15 va 20 daqiqalik tanaffusga chiqib kelishgan. Naranxoning chiqishi davomida shifokor uni ikki marta tekshirgan.

Foto: AFP
Chililik deputat Xaime Naranxo mamlakat prezidenti Sebastyan Pinera impichmenti bo‘yicha o‘tkazilgan parlament yig‘ilishida hamkasbi ovoz berishga yetib kelishi uchun qariyb 15 soat nutq so‘zladi.
Muxolif sotsialistik partiya vakili bo‘lgan Naranxo nutqini dushanba kuni soat 10:24da boshladi va seshanba tungi soat 01:24da yakunladi.
BioBio radiostansiyasining ma'lumot berishicha, deputatlar orada ikki marta 15 va 20 daqiqalik tanaffusga chiqib kelishgan. Naranxoning chiqishi davomida shifokor uni ikki marta tekshirgan.
U yig‘ilish oldidan BioBio radiostansiyasiga kamida 13 soat o‘qishga mo‘ljallangan 1300 sahifalik nutq tayyorlaganini aytgan. Naranxo shu yo‘l bilan yig‘ilishni seshanbagacha cho‘zishga, 9 noyabrgacha karantinda o‘tirishi lozim bo‘lgan deputat Jorjo Jyeksonning prezident Pineraning impichmenti bo‘yicha ovoz berishga yetib kelishi uchun imkoniyat yaratmoqchi bo‘lgan.
Jyekson yarim tundan so‘ng Instagram sahifasida parlament tomon yo‘lga chiqqani aks etgan videoni joylashtirgan.
Qonunchilik guruhi "Pandora hujjatlari"ga asoslanib Pinerani korrupsiyada gumon qilgan va parlamentga impichment masalasini kiritgandi. Ushbu tashabbusni 155 deputatdan kamida 78 nafari qo‘llab-quvvatlashi lozim. Jyeksonning ovoz berishi shu ma'noda muhim ahamiyat kasb etgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
-
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi
Jahon | 18:55
-
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi
Fan-texnika | 18:49
Mavzuga oid

21:36 / 23.06.2025
Chilida dunyodagi eng katta teleskop birinchi sinov tasvirlarini uzatdi

16:11 / 12.06.2025
“Konstitutsiyaga zid tartib bekor qilinish kerak” - XDP taksichilar masalasida vazirni gilamga chaqirdi

20:13 / 02.05.2025
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

11:18 / 23.03.2025