2030 yilgacha 6 ta shahar suv ostida qolishi mumkinligi aytildi
Dunyoning turli burchaklarida joylashgan kamida 6 ta shahar iqlim o‘zgarishi sababli 2030 yilgacha to‘liq yoki qisman suv ostida qolishi mumkin. Bunday ma'lumotlarni Climate Central notijorat tashkiloti prognozlariga tayanib The India Times nashri keltirib o‘tdi.

Venetsiya / Foto: EPA-EFE/FABIO MUZZI
Climate Central o‘z prognozini Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi ma'lumotlariga asoslanib xarita shaklida tuzgan.
Nashrda ta'kidlanishicha, Amsterdam dengiz sathi ko‘tarilishi oqibatida birinchi bo‘lib suv ostida qolishi mumkin. Ro‘yxatda keyingi o‘rinni Iroqdagi Shatt-al-Arab daryosi bo‘ylab joylashgan Basra shahri egallagan. AQShning Yangi Orlean shahri ham to‘g‘onlar tizimiga ega bo‘lishiga qaramay, suv ostida qolishi mumkin.
4-o‘rinni Venetsiya egallagan. Italiyaning ushbu shahrida yer sathi har yil 2 mm kamayib bormoqda. Keyingi o‘rinni Vetnam janubidagi Xoshimin shahri egallamoqda. Prognozlarga ko‘ra, shaharning sharqiy hududlari Mekong daryosiga yaqinligi sababli suvga g‘arq bo‘lishi ehtimoli yuqori. Ro‘yxatning oxirgi pog‘onasini Hindistonning Kalkutta shahri egallagan.
Mavzuga oid

17:35 / 12.02.2025
“Ichimlik suv uchun naqd pulda amalga oshirilgan to‘lov bazada qayd etilmaydi” – “O‘zsuvta’minot”

13:30 / 13.01.2025
Yangi quriladigan uy-joylarga tutash hududda yomg‘ir suvini yig‘ish tizimi o‘rnatiladi

10:16 / 13.01.2025
Ichimlik suvi sifati monitoringini yurituvchi markaziy laboratoriya tashkil etiladi

12:38 / 06.01.2025