Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada pichoq bilan qurollangan erkak poyezdda bir necha yo‘lovchiga jarohat yetkazdi
Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. Poyezd harakati to‘xtatilgan, yo‘lovchilar manzillariga avtobuslarda yetkazilgan.

Foto: Picture Alliance/DPA
Bavariyaning Zoyberdorf rayonida ICE poyezdida pichoq bilan qurollangan erkak bir necha yo‘lovchini jarohatladi. Bu haqda Oberpfals rayoni politsiyasi xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, hodisa ertalab Nyurnberg va Regensburg shaharlari orasida ketayotgan tezyurar poyezdda sodir bo‘lgan.
Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. Poyezd harakati to‘xtatilgan, yo‘lovchilar manzillariga avtobuslarda yetkazilgan.
Hujum oqibatida uch nafar yo‘lovchi jarohatlangan, ikki nafarining jarohati jiddiyligi aytilmoqda.
Mavzuga oid

14:07
Mers Ukrainaning tiklanishi uchun zarur shartlarni sanab o‘tdi

12:30
Ukrainada Germaniya hisobidan uzoq masofali raketalar ishlab chiqariladi

16:30 / 11.07.2025
Mers Rossiyadan Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun 500 mlrd yevro to‘lashni talab qildi

12:30 / 11.07.2025