Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet»: Atmosferadagi chang miqdori me'yoridan 5 barobarga oshdi
Bugun, 4 noyabr kuni O‘zbekistonda shamol kuchayishi oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarildi va bir nechta hududlarda ko‘rinuvchanlik 500-1000 metrgacha pasayib, chang-qumli g‘ubor holatini keltirib chiqardi. Chang miqdori me'yoridan 5 barobarga oshdi

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron hodisasi yuz bermoqda. Kuchli shamol natijasida tuproqning juda quruq usti qatlami ko‘tarilishi payshanba kuni Toshkentda ham chang-qumli tuman kuzatilishiga sabab bo‘ldi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berishicha, 4 noyabr kuni kechqurun Toshkentda kuzatilgan g‘ayrioddiy chang-qumli tumanga shamolning kuchayishi natijasida tuproqning juda qurib qolgan ustki qatlami ko‘tarilishi sabab bo‘ldi.
4 noyabr kuni O‘zbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib kelgan. Sovuq front zonasida shamol tezligi 12–15 m/s.gacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 20–25 m/s.gacha kuchayishi kuzatildi.
«Shamol kuchayishining oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarildi va respublikaning bir qator tumanlarida ko‘rinuvchanlik 500–1000 m.gacha pasayib, chang-qumli g‘ubor holatini keltirib chiqardi», deyiladi xabarda.
Atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshdi.
Ayni damda shamol tezligi 5–10 m/s.ni tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

16:38 / 11.07.2025
Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda

13:18 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

15:03 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet

12:31 / 07.07.2025