8 tup gujum daraxtini noqonuniy kesish bog‘otlik fuqaroga 41,3 mln so‘mga tushdi
Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bog‘ot tuman inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan ekologik reyd tadbirida daraxtlarni noqonuniy kesib tashlash holati aniqlangan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi
Jumladan, «Dehqonobod» mahallasida yashovchi fuqaro M.X. tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan, o‘zboshimchalik bilan turli yoshdagi 8 tup gujum daraxtini noqonuniy ravishda kesib olgan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari, ya'ni 1,35 mln so‘m miqdorida jarima va tabiatga yetkazilgan 39,9 mln so‘m zarar hisoblangan.

Avvalroq, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan Xorazm viloyatida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari 2020 yilning mos davriga nisbatan 70 foizga oshgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

21:03 / 01.04.2022
Zamin fondi aksiyasi doirasida Toshkentning 13 gektardan oshiq maydoniga daraxt ekildi

10:50 / 18.03.2022
Toshkent shahrida avtomashinalar ustiga daraxt quladi

23:08 / 12.03.2022
Sobiq «Tata» mehmonxonasi yaqinida mashinalar ustiga yirik daraxt quladi

16:26 / 10.03.2022