Toshkent davlat texnika universiteti yonidagi oshxonada yong‘in kelib chiqdi
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q, deb xabar bermoqda FVV.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ayni paytga kelib yong‘in bartaraf etilgan.
“28 oktyabr kuni soat 13:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko‘chasida joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:03 da qurshab olindi va soat 14:09 da batamom o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 m.kv maydoni yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi vazirlik axborotida.
Avvalroq Bulung‘urdagi nimstansiyada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tumanning yettita mahallasida aholi elektr ta'minotisiz qolgani, Toshkentdagi teploizolyatsiya ishlab chiqarish sexining 1200 kvadrat metr maydoni yonib ketgani, Xiva shahrining Sangar mahallasida joylashgan vaqtinchalik buyum bozorida kelib chiqqan katta yong‘inda tadbirkorlar zarar ko‘rgani, Toshkentdagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07
-
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:42
-
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi
Jamiyat | 20:09
Mavzuga oid

20:09
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi

15:21
Taxtaqoracha dovonida yana yong‘in chiqdi

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

10:04 / 04.07.2025