Xitoy yadro zaryadi tashuvchi gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi
Xitoy yadro zaryadi tashuvchi gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi. Financial Times nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, sinovlar avgust oyida o‘tkazilgan.

Foto: AFP
Ma'lumotlarga ko‘ra, raketa Yer sharini past orbita bo‘ylab aylanib chiqqan, so‘ngra belgilangan nishonga tegish uchun pastlagan.
Biroq manbalarning xabar berishicha, raketa mo‘ljaldan bir necha kilometrga adashib, nishonga tegmagan. Biroq shunga qaramay, sinovlar Xitoyning gipertovushli qurolni ishlab chiqishda hayratlanarli yutuqlarga erishganini namoyish qilgan va AQSh razvedkasini “dog‘da qoldirgan”.
“Biz ular buni qanday amalga oshirganlari haqida umuman tushunchaga ega emasmiz”, deb aytgan nashr suhbatdoshlaridan biri. Manbalarning ta'kidlashicha, nazariy jihatdan raketa Janubiy qutb ustidan uchib o‘ta oladi. Bu esa AQSh havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari uchun muammo bo‘lishi mumkin, chunki ular Shimoliy qutb yo‘nalishida mujassamlashtirilgan.
Pentagon sinovlarga izoh berishdan bosh tortgan, biroq Xitoyning bu yo‘nalishdagi faollashuvidan xavotir bildirgan. Jumladan, AQSh mudofaa vazirligi vakili Jon Kirbi Xitoyning harbiy imkoniyatlari “mintaqada va uning tashqarisida keskinlikning oshishiga turtki bo‘lishini” aytgan.
O‘z navbatida, Xitoyning AQShdagi elchisi Lyu Pen'yuy Xitoyning harbiy siyosati mudofaa xarakteriga ega ekanini aytgan. Uning ta'kidlashicha, Pekinda “AQShdagi kabi global miqyosda harbiy amaliyotlar o‘tkazish rejasi yo‘q”. Xitoy vakilining aytishicha, AQSh o‘zining gipertovushli qurol ishlab chiqishini oqlash maqsadida oxirgi yillarda “Xitoy xavfi” haqidagi uydirmani o‘ylab topgan.
Avvalroq Xitoy qit'alararo ballistik raketalar uchun 100 dan ko‘proq shaxta qurishni boshlagani ma'lum qilingandi. Ta'kidlanishicha, bu yo‘nalishdagi ishlar Gansu provinsiyasidagi cho‘l hududida olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an
Jahon | 21:41
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

16:24 / 06.04.2025
Buyuk Britaniya gipertovushli raketa dvigatelini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025