Surxondaryoda mashinadan pul va uyali telefon o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: DPA/TASS
Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqaroning mashinasidan pul va uyali telefon o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 30 sentyabr kuni Uzun tumani Jonchekka mahallasida yashovchi, I.Kamol Denov tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida joriy yil 20 sentabr kuni Denov tumani Bahoriston mahallasi hududida turgan mashinasidan «Samsung G-5» markali uyali telefoni va 100 AQSh dollarini nomalum shaxs o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘rilikni Denov tumanida yashovchi, S.Doniyor sodir etgani aniqlanib ushlangan. Undan ashyoviy dalillar olingan.
Ta'kidlanishicha, 1 oktyabr kuni S.Doniyorovga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

20:36 / 04.07.2025
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

23:30 / 24.06.2025