Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident maktablarida yangi lavozim joriy etilmoqda
Prezident maktablarida «Maktab maslahatchisi» («School Counselor») lavozimi joriy etilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident ta'lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ma'lum qildi.

Foto: Kun.uz
«Maktab maslahatchisi» («School Counselor») dasturi va uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilib, 2021-2022 o‘quv yilidan Prezident maktablarida joriy qilinmoqda.
Qayd etilishicha, dastur quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha individual maslahatlar berish; dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirish; oliygohlarga hujjat topshirish va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berish; ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblar bilan tanishtirish va ularga yo‘naltirish.
Maktab maslahatchisining vazifalari:
- sohada muvaffaqiyatga erishgan kasb egalari bilan mahorat darslari, uchrashuvlar tashkil etish;
- ta'lim iste'molchilari qiziqish bildirgan sohalari bo‘yicha amaliy ekskursiya va tanishuv turlarini amalga oshirish;
- maktab psixologi bilan hamkorlikda o‘quvchilar yoshi, psixofiziologik xususiyati, qobiliyati va iqtidoriga ko‘ra hayotda o‘z yo‘nalishini to‘g‘ri tanlay olishiga ko‘maklashish;
- Prezident maktabi o‘quvchilarida milliy va an'anaviy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat, iftixorni rivojlantirish maqsadida maktabda IT, kichik tadqiqotchilik, milliy hunarmandchilik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish va ularni samarali amalga oshirishdan iborat.
Dastur muvaffaqiyatli o‘tgach, ijobiy tajriba umumta'lim maktablariga translatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

08:49 / 04.06.2025
Prezident maktablariga qabul jarayoni rasman boshlandi

20:06 / 14.01.2025
«Ta’lim tizimimizning yutuqlari xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi» - Saida Mirziyoyeva

18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi

07:08 / 23.07.2024