Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Mossad” isroillik uchuvchi taqdiriga oydinlik kiritish uchun eronlik generalni o‘g‘irladi

Foto: Getty Images
Isroil razvedkasi “Mossad” eronlik generalni o‘g‘irlash bo‘yicha maxsus amaliyotni o‘tkazdi. The Times of Israel nashrining xabar berishicha, amaliyot 1986 yilda Livan ustida samolyoti urib tushirilgandan keyin yo‘qolib qolgan shturman Ron Aradning keyingi taqdiriga oydinlik kiritishga yordam beruvchi ma'lumotni yig‘ish maqsadida o‘tkazilgan.
Ta'kidlanishicha, maxfiy amaliyot sentyabrda amalga oshirilgan. “Mossad” agentlari Suriya hududida eronlik generalni o‘g‘irlab, uni Afrika davlatlaridan biri hududiga olib ketishgan. U yerda general so‘roq qilinib, keyin qo‘yib yuborilgan. Amaliyotning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmagan.
Dastlab OAVda amaliyot muvaffaqiyatsiz yakunlangani, “Mossad” rahbari David Barnea go‘yoki buni tan olgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Biroq keyinroq Barneaning razvedka xodimlariga yuborgan maktubida amaliyot katta yutuq sifatida ta'riflangani ma'lum qilingan. Razvedkadagi bir nechta manba ham “Mossad” o‘ziga yuklangan vazifani to‘liq ado etgani va amaliyot Aradning taqdirini bilish uchun razvedka tomonidan amalga oshirilganlari ichida eng muhimi va muvaffaqiyatlisi bo‘lganini tasdiqlagan.
Isroil bosh vaziri Naftali Bennet mamlakat parlamentining qishki sessiyasi ochilishidagi nutqida mazkur amaliyot murakkab va keng ko‘lamli bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.
Isroil harbiy-havo kuchlarining 31 yoshli shturmani Ron Arad boshqargan samolyot 1986 yil oktyabrda Livanning Sayd shahri ustida urib tushirilgan. Uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan, biroq Isroilda taxmin qilinishicha, Livanning “Amal” shialar harakati vakillari qo‘liga tushgan. Shundan keyin Arad Eronga olib chiqilgan, so‘ngra yana Livanga qaytarilgan. U haqidagi oxirgi ma'lumotlar 1988 yil bilan bog‘liq. O‘shanda u o‘z maktublarida qamoqda ekanini yozgan.
Arad qachon o‘lgani va bu bilan bog‘liq tafsilotlar hamon noma'lumligicha qolmoqda. Taxminlardan biriga ko‘ra, u 1988 yilda qiynoqlar vaqtida jon bergan, boshqalariga ko‘ra esa qochish vaqtida o‘ldirilgan. Shuningdek, Arad 1990-yillarda unga tibbiy ko‘mak ko‘rsatilishi rad etilgandan keyin hayotdan ko‘z yumgan bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Quyoshda qolgan ichimliklar gormonal buzilish va boshqa xavfli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin
Sog‘lom hayot | 13:02
-
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
O‘zbekiston | 12:29
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
Mavzuga oid

09:48 / 03.07.2025
Eron ikki fransuzni "Mossad" foydasiga josuslikda aybladi

21:24 / 13.06.2025
Eronga havo zarbalari «Mossad»ning dushman mudofaasini bostirishga qaratilgan maxfiy operatsiyasi bilan birga amalga oshirilgan

22:31 / 30.04.2025
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl etildi

11:16 / 28.04.2025