Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurlanish olishning dozalarini hisobga olish yagona tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: vladtime.ru
Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan yuritiladi hamda uning milliy referens laboratoriyasi tarkibidagi radiologiya laboratoriyasi bazasida tashkil qilinadi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli nizom tasdiqlandi:
- amaldagi sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlariga muvofiq nazorat qilinadigan barcha nurlanish manbalarida individual nurlanish dozasini nazorat qilish hamda hisobga olish;
- nurlanish olishning individual dozalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash tartibini belgilash, ma'lumotlar bazasini shakllantirish hamda ularni tahlil qilish;
- tahlillar natijasi bo‘yicha nurlanish olishning aholiga ta'sirini baholash va uning ta'sir qilish darajasini kamaytirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish.
Vazirliklar va idoralarga faoliyati davomida ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi tashkilotlarda 2021 yil yakuniga qadar nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish tizimini tashkil etish topshirildi.
Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish bo‘yicha ma'lumot Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga berib boriladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
-
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:10
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
Mavzuga oid

11:47 / 07.08.2025
PPX to‘lovli asosda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi

08:55 / 07.08.2025
Geografik obektlarning klassifikatori ishlab chiqildi

07:42 / 07.08.2025
Davlat organlari hududidan savdo faoliyati uchun foydalanish mumkin bo‘ladi

11:04 / 28.07.2025