Jahon | 18:51 / 02.10.2021
8428
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yevropada 30ga yaqin beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini joylashtiradi

Bu ushbu turdagi samolyotlarning birinchi marta AQShdan tashqarida joylashtirilishi bo‘ladi.

AQSh qish faslida Angliyadagi Leykenxit aviabazasiga 27ta F-35A beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini joylashtirishni boshlaydi.

Bu ushbu turdagi samolyotlarning birinchi marta AQShdan tashqarida joylashtirilishi bo‘ladi.

Leykenxit aviabazasi Londondan 113 kilometr uzoqlikda joylashgan. Hozirda bu yerda Amerikaning F-15 qiruvchi samolyotlari joylashtirilgan.

Avvalroq AQSh qurolli kuchlarining Yevropadagi qo‘mondonligi rahbari general Tod Uolters NATO mamlakatlari 12ta bazada 450ta F-35 qiruvchi samolyotlarini joylashtirishni rejalashtirganini aytgandi.

Mavzuga oid