Jahon | 18:56 / 30.09.2021
10509
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Afg‘oniston bilan chegaradagi shaharda harbiy parad o‘tkazdi

Paradda 100 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar va 130 ming nafar ofitser va safarbarlik rezervidagi askarlar ishtirok etgan.

Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan Xorug‘ shahrida harbiy parad o‘tkazdi. paradda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Rahmon harbiylarni mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bayrami bilan qutlagan va o‘tgan yillar davomida qurolli kuchlar «ishonchli, qudratli va tartibli tuzilma»ga aylanganini bildirgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Tojikiston chegarasida ekstremistik va terrorchilik harakatlari faollashmoqda va bunday sharoitda armiyaning roli kuchayadi.

Xabar qilinishicha, paradda 100 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar va 130 ming nafar ofitser va safarbarlik rezervidagi askarlar ishtirok etgan.

Mavzuga oid