Toliblarga oq krossovka kiyish va selfi qilish taqiqlab qo‘yildi
Afg‘onistonning toliblar hukumatida mudofaa vazirini egallagan Mavlavi Yoqub “Tolibon” jangarilariga oq krossovkalar kiyish va selfiga tushishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Foto: AFP
Ta'kidlanishicha, bu taqiqlovlar ko‘pchilik toliblar Kobul bosib olingandan keyin ko‘ngilochar bog‘larda qo‘llarida qurol bilan attraksionlar uchayotganlari, ko‘lda g‘oz ko‘rinishidagi qayiqlarda suzib yurganlari suratlarini e'lon qilishi ommaviy tus olgani bilan bog‘liq holda kuchga kirdi. Toliblarning bunday suratlari harakat rahbariyatining achchig‘ini keltirgan.
Toliblar mudofaa vaziri selfi “Tolibon” mansabdor shaxslari xavfsizligiga tahdid hisoblanishi va toliblarning “jafokashlar qoni bilan erishilgan” mavqeyiga putur yetkazishini aytgan.
Bundan tashqari, Yoqubning ta'kidlashicha, oq krossovkalar yelkagacha tushib turuvchi sochlar kabi g‘arbning zararli modasi hisoblanadi.
“Bu qo‘g‘irchoq tuzum harbiy boshliqlari va banditlariga xos harakatlardir”, deb aytgan Yoqub.
Mavzuga oid

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

17:11 / 24.02.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston «Hayraton-Hirot» temiryo‘li qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi

21:56 / 22.02.2025
Abdulla Aripov Toshkentda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

18:06 / 22.02.2025