Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmadagi shaharning minglab aholisi harbiylar bilan janglar sababli o‘z uyini tark etdi
Myanma g‘arbida joylashgan Tantlange shahrida harbiy xunta va qarshilik kuchlari o‘rtasidagi jangovar to‘qnashuvlar sababli minglab aholi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi.

Foto: REUTERS / Stringer
Shaharda hukumat qo‘shinlari va yuzlab isyonchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Guvohlarning ta'kidlashicha, to‘qnashuvlar davomida askarlar aholi uylariga betartib o‘q uza boshlagan, keyin esa shaharni bombardimon qilishga o‘tgan. Natijada shahar deyarli bo‘shab qolgan, uning aholisi qo‘shni qishloqlarda yashirinishga majbur bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, shaharda hammasi bo‘lib 7,5 ming kishi yashaydi. “Men uyim harbiylar tomonidan bombardimon qilingandan keyin ham qochishni o‘ylamagandim”, deb aytgan shaharliklardan biri. Uning ta'kidlashicha, “vaziyat tobora yomonlashgani” sababli u oxir-oqibat shaharni tark etishiga to‘g‘ri kelgan.
Chin shtatida joylashgan Tantlangeda ayni vaqtda xunta va qarshilik kuchlari o‘rtasida janglar bormoqda. 2021 yil may oyidan beri harbiylar mahalliy qarshilik kuchlariga qarshi artilleriya qo‘llamoqda hamda hududni suv ta'minotidan uzib qo‘ygan. Kuzatuvchilar ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil fevralda harbiylar davlat to‘ntaruvini amalga oshirgandan beri Chinda 1,1 ming fuqaro o‘ldirilgan, yana 8 ming kishi hibsga olingan. Ta'kidlanishicha, Hindiston bilan chegarada joylashgan shtatdan qo‘shni davlatga qochqinlar oqimi ko‘paymoqda.
7 sentyabrda xuntaga muxolif bo‘lgan Myanma milliy birdamligi hukumati fuqarolarni harbiylarga qarshi umummilliy qo‘zg‘olonga chaqirgan. Hukumat yetakchisi Duva Lashi mamlakatda favqulodda holat e'lon qilgan. Uning ta'kidlashicha, qarshilik otryadlari yaqin orada Myanmada xalq inqilobini amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi

23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi

16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona

08:33 / 02.09.2023