Jahon | 18:37 / 17.09.2021
16816
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada o‘t o‘chiruvchilar dunyodagi eng baland daraxtni yong‘indan saqlab qolishga urinmoqda

O‘t o‘chiruvchilar daraxtlarni saqlab qolish uchun ularni olov o‘tkazmaydigan alyuminiy plyonkalar bilan o‘rab chiqmoqda.

Foto: Getty Images

Kaliforniyada o‘t o‘chiruvchilar dunyodagi eng baland daraxtlarni bir necha haftadan buyon “Sekvoyya” milliy parkida davom etayotgan yong‘indan qutqarishga urinmoqda.

Park ulkan sekvoyya daraxtlari bilan mashhur. Bu yerda dunyodagi eng baland – General Sherman deb ataluvchi sekvoyya daraxti o‘sadi.

Uning balandligi 85 metr, aylanasi 11,1 metrni tashkil etadi, yoshi esa 2300-2700 yil deb baholanadi.

O‘t o‘chiruvchilar daraxtlarni saqlab qolish uchun ularni olov o‘tkazmaydigan alyuminiy plyonkalar bilan o‘rab chiqmoqda.

O‘rmon yong‘inlari ikki ming tup daraxtga tahdid solmoqda. Yong‘inlar quruq va issiq ob-havo oqibatida kelib chiqqan.

Mavzuga oid