Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asari taqdimoti o‘tkazildi

Foto: Farg‘ona davlat universiteti
Bugun har bir yosh qalbida yangi renessans sari dadil odimlab borayotgan yangi O‘zbekistonga munosib bo‘lish, ularda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish vazifasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, yangi jamiyatning navqiron avlodi nafaqat puxta bilimli, yuksak salohiyatli, balki o‘z taqdirini mamlakat taqdiri bilan chambarchas bog‘lab, ijtimoiy faollikni munosib namoyon eta olishi muhimdir.
Bu borada oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar 24 ming nafarga yaqin talaba-yoshlarni bag‘riga olgan Farg‘ona davlat universitetida munosib aks-sado bermoqda. Oliygohning yurtimizga har tomonlama yetuk, yuqori salohiyatli, keng dunyoqarashga ega, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalab berishga qaratilgan sa'y-harakatlari ezgu samara berayotgani quvonarlidir.
Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" asarida ilgari surilgan ustuvor vazifalar taqdimotiga bag‘ishlangan "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" - milliy taraqqiyotimiz istiqboli" mavzusidagi tadbir yoshlar o‘rtasida yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadiga qaratildi.
Talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar, turli tashkilot va muassasalar mas'ullari, viloyat va shahar hokimligi vakillari ishtirok etgan tadbirni Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodir Shermuhammadov ochib, O‘zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotganini bilish bugungi yoshlar uchun juda muhimligi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" asarini har bir yosh o‘qib, uning mohiyatini teran anglashi zarur bo‘lgan qimmatli kitob ekanligini ta'kidladi.
- "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" asari mamlakatimizda uchinchi renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyotimizning istiqbollari haqidagi muhim manbadir. Ushbu kitob xalqimizning uyg‘onish davri asoslarini yaratish bilan bog‘liq ezgu orzu-intilishlari, ularni amalga oshirish borasidagi eng muhim vazifalarni atroflicha tahlil etishga xizmat qiladi, - dedi rektor.
Taqdimotda so‘z olganlar Prezident asari o‘zida yaqin va o‘rta istiqboldagi yangi O‘zbekiston qiyofasini aks ettirganiga alohida urg‘u berishdi.
Malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan kitobning «Yangi O‘zbekiston strategiyasi», «Xalqparvar davlat», «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish», «Adolatli ijtimoiy siyosat», «Ma'naviy taraqqiyot», «Xavfsizlik va tashqi siyosat», «O‘zbekiston va umumbashariy muammolar» nomli 7 ta bo‘limi sharhlab berildi.
Davlatimiz rahbarining yangi kitobidan o‘rin olgan "Biz Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida islohotlarimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan jamiyatimiz a'zolarining bor bilim va salohiyati, kuch va imkoniyatlarini, butun azmu-shijoatimizni ishga solishimiz zarur. Shundagina yangi O‘zbekiston jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro‘-e'tiborga ega bo‘lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanadi", degan so‘zlari butun xalqimiz, xususan, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan yosh avlod ong-u tafakkurini boyitish, "Yangi O‘zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasining hayotiy ahamiyati haqidagi mulohazalar alohida ahamiyatli bo‘ldi.
Tadbir doirasida Prezident asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
E'tirof etish kerak, Farg‘ona davlat universiteti yoshlarni har tomonlama yetuk, yuksak ma'naviyatli va ilmiy salohiyatli avlod etib tarbiyalash borasida o‘zining samarali yo‘liga ega. Kuni kecha O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining X s'yezdida davlatimiz rahbari tomonidan ilk marotaba taqdim etilgan "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" kitobi mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan bugungi tadbir ham buning yaqqol namunasidir. Kitobda alohida urg‘u berilgan "Aniq maqsad, tolmas iroda va doimiy izlanish" tamoyili oliygoh yoshlarining yangi-yangi ilmiy muvaffaqiyatlarga yetaklovchi muhim shiori bo‘lib xizmat qiladi.
Universitetda "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" kitobi taqdimoti va targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir, ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar davom etadi.
Farg‘ona davlat universiteti matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

19:45 / 30.01.2025
“Hali magistratura, aspiranturada ham o‘qiyman” – 70 yoshida talaba bo‘lgan otaxon

19:00 / 16.03.2024
Farg‘ona davlat universitetida "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - bosh maqsadimiz" mavzusida Respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi

09:32 / 02.06.2023
Farg‘ona davlat universiteti Times Higher Education reytingidan joy oldi

17:56 / 25.05.2023