Toliblar qator mamlakatlarni hukumat tarkibini e'lon qilish marosimiga taklif etdi
Marosimga Turkiya, Xitoy, Rossiya, Eron, Pokiston va Qatar taklif qilingan.

Foto: AP
«Tolibon» harakati qator mamlakatlarni Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e'lon qilishga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirga taklif etdi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.
«Biz Turkiya, Xitoy, Rossiya, Eron, Pokiston va Qatarga hukumat tarkibini e'lon qilish marosimida ishtirok etishga taklifnoma jo‘natdik», — degan telekanal manbasi.
Telekanal suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, yangi vazirlar mahkamasi tarkibini e'lon qilish bilan bog‘liq «protseduralar» yakuniga yetgan.
Uning aytishicha, toliblar «xalqaro hamjamiyat va afg‘on xalqi qabul qiladigan rejim»ni tuzadi.
Avvalroq Afg‘onistonning sobiq prezidenti Gulbiddin Hikmatyor va Ashraf G‘anining ukasi Xashmat G‘ani yangi hukumat tarkibidan o‘rin olishi aytilgandi.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025