Toliblar Panjsher ustidan nazorat o‘rnatilganini e'lon qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda toliblarning Panjsher viloyati gubernatori qarorgohi darvozasi oldida turgani aks etgan suratlar tarqaldi.

Foto: Reuters
«Tolibon» harakati Afg‘onistondagi so‘nggi qarshilik harakati hududi bo‘lgan Panjsher viloyati ustidan nazorat o‘rnatilganini e'lon qildi. Bu haqda harakat vakili Zabihulla Mujohidning bayonotiga tayanib Reuters, Al Arabiya va TOLO News xabar berdi.
«Ushbu g‘alaba tufayli mamlakatimiz urush changalidan chiqdi», — dedi Mujohid.
Ijtimoiy tarmoqlarda toliblarning Panjsher viloyati gubernatori qarorgohi darvozasi oldida turgani aks etgan suratlar tarqaldi, deb yozadi Al Arabiya.
Keyinroq milliy qarshilik fronti Panjsher vodiysidagi «strateg nuqtalar»ni egallab turgani va «Tolibon»ga qarshi kurash davom etishini ma'lum qildi.
Avvalroq qarshilik harakati matbuot kotibi Fahim Dashtiy halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025