Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Sirdaryo IES” AJ 10-energoblok modernizatsiyasini muddatidan oldin yakunladi

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 29 dekabrdagi «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoyishiga muvofiq Rossiyaning «Silovyye mashiny» kompaniyasi tomonidan joriy yilda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining to‘qqizinchi va o‘ninchi energobloklarida modernizatsiya ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik.
Bugun modernizatsiya jarayonining uchinchi bosqichi doirasida stansiyaning 10-sonli energoblokida kapital ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazilib energoblok yagona energotizimga ulandi.
— “Sirdaryo IES” AJ jamoasi rossiyalik hamkorlarimiz bilan birgalikda o‘z oldiga qo‘yilgan muhim vazifani yakuniga yetkazdi, mustaqilligimizning 30 yilligi nishonlanayotgan ushbu munavvar kunlarda 10-sonli energoblok muvaffaqiyatni modernizatsiyadan chiqarilib, 6 oylik tanaffusdan keyin yangi quvvatlar elektr energiya ishlab chiqarishni boshladi, — deb ta'kidladi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi Farhod Abdurahmonov.
Modernizatsiyani amalga oshirish hisobiga energoblokning ish samaradorligi oshadi, quvvati 325 MVtga yetkazilib, 1 kVt/s uchun shartli yoqilg‘i sarfi 40 grammga qisqaradi.
Modernizatsiya ishlari yakuni bo‘yicha yiliga 180 mln kub metr tabiiy gaz tejashga erishiladi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kim Chen In Amerikaga qarshi urushda g‘alaba qozonishni va’da qildi
Jahon | 21:36
-
Britaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda gumanitar tanaffus e’lon qilinishini “kech tashlangan qadam” deb atadi
Jahon | 21:32
-
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi
Jahon | 20:49
-
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi
Jahon | 20:30
Mavzuga oid

13:13 / 28.11.2023
“Etalon loyiha” - Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda ishga tushgan yirik IES haqida

14:00 / 27.11.2023
Yangi IES 3 millionta xonadonning bir yillik energiya iste’molini qoplashi ma’lum qilindi

13:37 / 27.11.2023
Shavkat Mirziyoyev yirik energetika loyihalariga start berdi

10:58 / 28.01.2022