Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klichko Merkelni kutib olish uchun aeroportga qo‘yilmadi
Kiyev meri Vitaliy Klichko Ukrainaga tashrif buyurgan Germaniya kansleri Angela Merkelni kutib olish uchun “Borispol” aeroportiga kiritilmadi. Bu haqda Klichkoning o‘zi ma'lum qildi.

“Borispol” aeroportiga protokol bo‘yicha poytaxt meri sifatida Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashish uchun keldim. Xuddi uning avvalgi safarlaridagi kabi. Biroq bu safar meni kiritishmadi. Albatta, kuch bilan ichkariga kirishga urinmayman. Mer sifatidagi faoliyatim davomida bunaqasi birinchi marta yuz bermoqda”, deb yozgan Klichko telegram kanalida.
Kiyev meri, shuningdek, aeroport qo‘riqchisi uni aeroportga kiritmayotgani va buni Klichko “ro‘yxatda yo‘qligi” bilan tushuntirgan videosini e'lon qilgan.
“Meni qiziqtirayotgani Ukrainaning “Yevropani qo‘llab-quvvatlovchi” tashqi ishlar vazirligida protokol tadbirlarini zudlik bilan buzishga qaror qilishganmi? Buyruqni olib, shunday sirk uyushtirishdimi?” – deb achchiq bildirgan Klichko.
Merkel Ukrainaga 22 avgust kuni rasmiy tashrif bilan keldi. Tomonlar uchrashuv davomida Donbassdagi vaziyat va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini muhokama qilishgan.
Zelenskiy va Merkel dastlab 12 iyulda uchrashishi kerak edi, biroq o‘shanda uchrashuv biror bir tushuntirishsiz bekor qilingandi. Keyinroq Germaniya hukumati kansler 20 avgustda Rossiyaga tashrif buyurmoqchiligi, shundan keyin Kiyevga kelishini ma'lum qilgan.
Avvalroq Ukraina OAVlari prezident Vladimir Zelenskiy yaqin orada Klichkodan o‘z lavozimidan ketishini so‘rashi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59
-
ChatGPT bilan muloqotlar sud talabi bilan hukumat topshirilishi mumkin
Jahon | 22:55
-
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi
Jahon | 22:40
-
«Qo‘lga tushgan» tizim: selektor voqeasi muammoga ko‘zgu tutdi
O‘zbekiston | 22:31
Mavzuga oid

10:11 / 21.02.2025
Klichko: Saylovlar hozir - Ukraina uchun zahar

15:35 / 23.07.2024
Klichko Rossiyaga hududiy yon bosish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini istisno etmadi

21:01 / 05.02.2024
Klichko Zalujniyning iste’fosiga qarshi chiqdi

19:12 / 03.12.2023