Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qon shahri hokimining birinchi o‘rinbosari qo‘lga olingani aytilmoqda
Hokimlik mansabdori temir yo‘llar tizimidagi boshqa bir amaldor bilan til biriktirib, auksion g‘olibligini olib berish uchun 180 ming dollar so‘ragani aytilmoqda.

Qo‘qon shahar hokimligi
Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari jinoyat ustida qo‘lga olingan. Bu haqda Xabar.uz sayti o‘zining huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga tayanib xabar tarqatdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Kun.uz'ga bu haqda ma'lumotga ega emasligi va agar yangilik bo‘lsa, xabar qilishini bildirdi.
Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmati Kun.uz'ga bu ma'lumotni na tasdiqladi, na inkor qildi. Hokimlik rasmiy vakili bu haqda bir necha daqiqa ichida bayonot berilishini bildirdi, ammo oradan 2 soat o‘tib ham rasmiy axborot berilganicha yo‘q.
Xabar.uz manbasiga ko‘ra, hokimning 1-o‘rinbosari A.N. va Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O.M. o‘zaro jinoiy til biriktirib, tadbirkorga mazkur temir yo‘l uzeli balansida bo‘lgan 2,5 gektar yer maydonidagi bino va inshootlar bo‘yicha o‘tkaziladigan auksion savdolarda uning foydasiga qaror chiqartirib berish evaziga 180 000 dollar talab qilgani gumon qilinmoqda.
Gumondorlar talab qilingan puldan 10 ming dollarini olayotgan paytda tegishli organlarning tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Qo‘shimcha qilinishicha, ayni paytda ularga nisbatan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan hamda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi
Jahon | 20:11
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
-
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jahon | 19:23
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
Mavzuga oid

10:31 / 25.07.2025
Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilikni hamkorlikka chaqirdi

12:15 / 24.07.2025
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash agentliklari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha namoyishlar davom etmoqda

15:09 / 23.07.2025
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin

15:16 / 22.07.2025