Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatchilari uchun qo‘llanma ishlab chiqiladi

Foto: Getty Images
Joriy yilning 16 iyun kuni ochiqlik sari katta qadam bo‘lishi kutilayotgan “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmoni bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik darajasini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 8-bandida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatchilari uchun qo‘llanma ishlab chiqish hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan yuritilishi tavsiya etiladigan ijtimoiy tarmoqlar ro‘yxatini shakllantirish vazifasi belgilangan.
Prezident farmonida qo‘llanmani ishlab chiqish muddati 2021 yil sentyabr etib belgilangan, mas'ul tashkilotlar sifatida esa Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati ko‘rsatilgan.
Kun.uz farmon ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini ta'minlash maqsadida bir qator davlat tashkilotlaridan izoh oldi.
Adliya vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, farmonda nazarda tutilgan qo‘llanmani ishlab chiqishga asosiy mas'ul Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hisoblanadi. Boshqa tashkilotlar esa agentlik tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmani ko‘rib chiqib, o‘zining tavsiya va fikrlarini beradi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati rahbarining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, hozirgi kunda Agentlik mas'ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ushbu qo‘llanma loyihasi, uning shakli va mazmuni bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirmoqda. Sentyabr oyida Agentlik qoshida mas'ul ijrochilarning ishchi uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Ushbu qo‘llanmani ishlab chiqishning asosiy maqsadlaridan biri – davlat organlari va tashkilotlari xizmatchilariga «davlat organlari faoliyati ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligi» madaniyatini singdirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarining xalq oldida hisobdorligini ta'minlash”, deydi agentlik rasmiysi.
Bundan tashqari, ushbu farmon bilan Ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro‘yxati ham tasdiqlangan. Ro‘yxatga davlat xaridlari, avtomobillar, xizmat safarlari uchun xarajatlari kabi davlat organlari va tashkilotlarining 33 toifadagi ma'lumotlari kiradi. Shuningdek, Oliy Majlis deputat va senatorlarining qaror va qonunlarga qanday ovoz bergani ochiqlanadi, sessiyalar to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Ma'lumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekistonda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (O‘zkomnazorat) tomonidan TikTok, Twitter, Wechat va VKontakte ijtimoiy tarmoqlari hamda Skype messenjeriga nisbatan ham cheklovlar joriy qilingan.
Mas'ullarga ko‘ra, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish qoidalarini buzgani aytilayotgan ushbu sub'yektlarning ro‘yxati kengayishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

10:01 / 22.07.2025
Maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar test sinovi baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi

13:53 / 10.07.2025
O‘zbekistonning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qo‘shadigan hissasi ortadi

10:27 / 09.07.2025
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi

19:29 / 12.06.2025