Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryodan giyohvandlik moddalari olib ketayotgan farg‘onalik shaxs Qashqadaryoda ushlandi

Illyustrativ foto
Surxondaryo viloyati Denov tumanidan giyohvandlik moddalari olib uyiga ketayotgan farg‘onalik shaxs Qashqadaryoda ushlangan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 12 avgust kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi I.M. boshqaruvida bo‘lgan «Damas» mashinasi Chiroqchi tumanida joylashgan «Umakay» YPX maskanida to‘xtatilgan. Mashina saloni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda unga ortilgan qishloq xo‘jaligi maxsulotlari solingan qoplar ustida turgan elektron tarozining ko‘rsatkich qismi (tablosi)da 5 dona oq rangli yelim paket bo‘laklariga o‘ralgan, o‘tkir hidli giyohvandlik moddasi topilgan va tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Haydovchi I. M.dan mazkur jinoyatga aloqador boshqa ashyolar bor-yo‘qligi so‘ralganda u o‘z ixtiyori bilan avtomashinaning rul qismi va old o‘rindig‘i tagidan o‘tkir hidli giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalarni olib IIB xodimlariga taqdim etgan.
Dastlabki surishtiruvda M.I. mazkur giyohvandlik moddalarini joriy yil 11 avgust kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi U.N.dan olgani va Qo‘qon shahriga olib bormoqchi bo‘lgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, I. M.dan olingan gashish giyohvandlik vositasining og‘irligi 1 kilogramm 47 grammni, opiy giyohvandlik vositasining og‘irligi esa 4,8 grammni tashkil etgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

20:36 / 04.07.2025
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

23:30 / 24.06.2025