Germaniya O‘zbekiston va Tojikistonga vaksina yetkazib beradi
Germaniya hukumati O‘zbekistonga 355 ming 200 doza, Tojikistonga esa 100 ming 800 doza vaksina ajratadi.

Foto: AFP
O‘zbekiston va Tojikistonga Germaniya tomonidan koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi yetkazib beriladi. Bu Germaniyaning rivojlanayotgan mamlakatlarga va'da qilingan yordamining bir qismi sifatida SOVAX dasturi doirasida taqdim qilinadi.
Bu haqda Germaniya rasmiy vakilining o‘rinbosari Ulrike Demmer ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mos ravishda Toshkent va Dushanbega 355 ming 200 va 100 ming 800 doza vaksinalar ajratiladi.
Bundan tashqari, Sudan (357 ming 600 doza), Efiopiya (271 mig 200 doza) va Afg‘onistonga (213 ming 600 doza) ham vaksinalar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
21 may kuni Rimda bo‘lib o‘tgan Global sog‘liqni saqlash masalalariga bag‘ishlangan sammitida Germaniyaning SOVAX dasturi doirasida yil oxirigacha 30 million doza vaksinani rivojlanayotgan mamlakatlarga yetkazib berishi haqida qaror qabul qilingandi.
SOVAX - Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan emlash va immunlashtirish bo‘yicha global alyans va epidemiyaga tayyorgarlik bo‘yicha innovatsiyalar koalitsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan xalqaro tizim. Dastur shartlariga ko‘ra, yuqori daromadli mamlakatlar kam ta'minlangan mamlakatlarga vaksinalar sotib olish uchun pul to‘laydi. Rejalarga ko‘ra, mexanizm doirasida 2021 yil oxirigacha 2 milliard dozada vaksina ishlab chiqarilishi va butun dunyo bo‘ylab teng taqsimlanishi kerak.
Avvalroq, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksinalar 14 million 580 ming 60 dozani tashkil qilayotgani ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi
Jahon | 18:19
-
Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan ulkan chang buluti AQShga yaqinlashmoqda
Jahon | 18:15
-
Moskva markazida chechenlar odam o‘g‘irlashdi
Jahon | 18:07
Mavzuga oid

11:45
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

20:13 / 03.06.2025
Germaniyada Ikkinchi jahon urushiga tegishli uchta bomba sabab 20 ming kishi evakuatsiya qilinadi

23:06 / 01.06.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi

15:50 / 29.05.2025