Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘x tumanida sel kuzatildi
Joriy yil 6 avgust kuni soat 17:05larda Qirg‘iziston Respublikasi Batken oblasti Qadamjoy tumani tog‘ va adir hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘gan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, buning oqibatida sel oqimlari hosil bo‘lib, Farg‘ona viloyati So‘x tumani “Navobod” MFY hududidagi Malbut, Devayron-Umbara, Qalacha, Tul va Poloxona yo‘llaridan 30 m3 miqdoridagi sel oqimlari o‘tgan.
Sel o‘tishi oqibatida So‘x tumani hududidan o‘tuvchi “So‘x-Rishton” avtoyo‘lining 80 metr qismiga loy aralash shag‘al, Malbut qishlog‘i xo‘jalik ekin maydonlariga hamda “Umbara” (15 ta xonadon) va “Devayron” MFY (25 ta xonadon) hududlaridagi jami 40 ta xo‘jalik tomorqalari, qo‘shimcha bino va uylarning yerto‘lalariga suv kirgan.
Sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, tuman hokimiyatida FVB, IIB, prokuratura organlari, SSB rahbariyati tarkibidan iborat Tezkor shtab tashkil etilib, FVDqTning tuman xizmatlari kuch va vositalari tomonidan sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.
Sel toshqinlari oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Ukrainani tiklash: konferensiyada 10 mlrd yevro va’da qilindi
Jahon | 09:56
-
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:37
-
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi
Jahon | 09:34
Mavzuga oid

13:18 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

12:36 / 20.06.2025
To‘rtta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

16:36 / 17.06.2025
Shohimardon va So‘xga borishdagi postlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tmoqda

20:33 / 12.06.2025