Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘t mansabdorga tegishli “dacha”dan chiqqan bo‘lishi mumkin” - Zomindagi o‘rmon yong‘ini sabablari nega sir tutilmoqda?
Zomin tog‘laridagi o‘rmon yong‘ini sabablari hozircha jamoatchilikka oshkor qilinmadi. Ammo, Kun.uz’ga yetib kelgan ma'lumotlarda olov mansabdorning yaqin qarindoshiga tegishli dala hovlida olib borilayotgan qurilishdan chiqqani aytiladi. Rasmiylarning ma'lumot berishdan qochayotgani shubha-gumonlarni orttirmoqda.
1 avgust kuni tushga yaqin Zomin tumani “Duoba” MFY O‘riklisoy qishlog‘idagi dala maydonida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati dastlab yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamda 24 nafar shaxsiy tarkibdan iborat bo‘linmalar yetib borgani, yong‘inni o‘rab olish ishlari boshlanganini ma'lum qilgandi.
Keyinroq yong‘in hududi kengayib ketishining oldini olish va uni butunlay o‘chirish uchun FVVdan yana qo‘shimcha 350 dan ortiq shaxsiy tarkib, Mudofaa vazirligidan 4 ta vertolyot, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Davlat ekologiya qo‘mitasi va boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari jalb etilgandi.
Yong‘in oqibatida 80 gektar maydondagi o‘simlik va dov-daraxtlar yonib ketgani, o‘sha kuni soat 18:20 da xavf batamom bartaraf etilgani aytildi.
Ammo haligacha rasmiy manbalar yong‘in kelib chiqish sababi va tabiatga yetgan zarar miqdori haqida aniq ma'lumot bermadi.
Kun.uz'ga yetib kelgan ma'lumotda yong‘in Jizzax viloyati hokimining o‘g‘li yoki Zomin tumani hokimining ukasining nomida bo‘lgan dala hovlida olib borilayotgan qurilish (payvandlash ishlari) vaqtida kelib chiqqani aytiladi.
“Yong‘in chiqqan joy qo‘riqxona hududi bo‘lib, u yerda har kim ham qurilish ishlari olib borishga yoki yerdan o‘zi istaganicha foydalanishga qodir emas. Asosan viloyat yoki tuman kattalariga tegishli obektlar, dam olish maskanlari bor. O‘sha kungi yong‘in Zomin tumani hokimining ukasiga tegishli dachada (aslida hokimning dala hovlisi, deyilmoqda) payvandlash ishlari olib borilishi vaqtidagi ehtiyotsizlik oqibatida o‘rmonga alanga o‘tib ketgan.
Dala hovlining shundoqqina o‘rmonga tutash ekaniga guvoh bo‘lish mumkin. Payvandlash vaqtida bir nechta usta yigitlar va mahalliy aholi ham o‘sha joyda bo‘lgan. Ustalarni IIB xodimlari so‘roq qilish uchun olib ketishgan”, – deydi Kun.uz manbasi.
Tahririyatga taqdim qilingan suratlarda haqiqatan ham dala hovlining bir qismida payvandlash ishlari olib borilgani va u hudud o‘rmonga juda yaqin joylashganini ko‘rish mumkin. Bu dala hovlining geologik xaritasida ham ko‘rinib turibdi.
Jizzax viloyati prokuraturasi axborot xizmati holat bo‘yicha Kun.uz'ga ma'lumot berdi. Unga ko‘ra, 1 avgust kuni ertalab O‘riklisoy dam olish maskani hududida yong‘in kelib chiqqani oqibatida dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra Zomin milliy tabiat bog‘idagi 4 gektar yer maydonlarida archa va boshqa o‘simliklar yonib nobud bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Prokuratura dala hovli viloyat yoki tuman hokimining qarindoshiga tegishli bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi savolga javob bera olmasligini bildirdi.
Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Akmal Binoqulov Zomin tumanida Ergash Saliyev yoki uning o‘g‘lining dala hovlisi mavjud emasligini bildirdi.
Rasmiylardan ochiq qolayotgan savollar, xususan, suratdagi dala hovlining Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyevga nechog‘lik aloqadorligi, umuman, o‘rmonga yetkazilgan zarar va uning asl sababi haqida izoh kutib qolamiz.
Isomiddin Po‘latov
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Kommunistik partiyasi: Xrushchevning Stalin haqidagi ma’ruzasi xato bo‘lgan
Jahon | 10:05
-
Vengriya O‘zbekistonda Usmoniylar davriga oid eksponatlarni namoyish etmoqchi
O‘zbekiston | 09:38
-
Klichko Germaniya kanslerini Ukrainaga TAURUS raketalarini berishga chaqirdi
Jahon | 09:14
-
AQSh savdo urushining yangi bosqichi: Tramp Yaponiya, Koreya va Qozog‘istonga 25% boj soldi
Jahon | 09:05
Mavzuga oid

14:47 / 07.07.2025
Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

20:09 / 06.07.2025
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi

15:21 / 06.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yana yong‘in chiqdi

16:16 / 04.07.2025