Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yilning birinchi yarmida avtomobil sanoatiga 9,5 trillion so‘mlik bojxona imtiyozlari taqdim etilgan
Birinchi yarim yillikda 200 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 2021 yilning birinchi yarmi natijalari asosida, yil oxiriga qadar hududlar va tarmoqlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash bo‘yicha choralar muhokama qilinmoqda.
Ma'lum qilinishicha, o‘tgan 6 oyda yalpi ichki mahsulot 6,2 foizga o‘sgan. Bunga asosan sanoat – 8,5 foiz, investitsiyalar – 5,9 foiz va xizmatlar hajmi – 8 foizga oshgani hisobiga erishildi. Inflatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etdi. Ushbu davrda jami 200 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Shundan, Navoiy kon-metallurgiya – 26 trillion so‘m, to‘qimachilik – 15 trillion so‘m, Olmaliq kombinati – 14,5 trillion so‘m, elektr energiyasi korxonalari – 11 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, ularning ulushi jami sanoatda 37 foizni tashkil qildi.
Sanoatda yuqori o‘sish sur'atlari Qashqadaryoda – 26 foiz, Sirdaryoda – 23, Jizzaxda – 15, Toshkent shahrida – 14 va Namanganda – 12 foizni tashkil etdi.
«Iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda davlat resurslari ham hal qiluvchi omil bo‘lmoqda. Sanoat tarmoqlariga bir yarim yil davomida 50 trillion so‘mdan ziyod bojxona imtiyozlari va tarif preferensiyalari berilgan.
Birgina avtomobil sanoatiga 9,5 trillion so‘mlik, neft-gaz tarmog‘iga 2,8 trillion so‘mlik bojxona imtiyozlari taqdim etilgan.
Hududiy sanoat hajmi Sirdaryoda – 41 foiz, Xorazmda – 33 foiz, Namangan va Surxondaryoda – 24 foiz yuqori darajada o‘sgan», dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi
Fan-texnika | 19:20
-
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi
Jahon | 18:49
-
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini oshkor qildi
Jahon | 18:48
-
Hamas urushni yakunlaydigan bitim talab qilmoqda. Isroil esa g‘azoliklarni ko‘chirmoqchi
Jahon | 18:40
Mavzuga oid

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

11:31 / 16.06.2025
Ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p murojaatlar huquq-tartibot idoralari va sud, hokimliklarga to‘g‘ri keladi - Prezident

11:25 / 16.06.2025
“Xalq nazorati” elektron portali butun respublikada ishga tushiriladi

11:14 / 16.06.2025