Jahon | 18:41 / 03.08.2021
5319
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi o‘rmon yong‘ini issiqlik elektr stansiyasiga xavf solmoqda

Mamlakatning 32 viloyatida yong‘inlar qayd etilgan. Tabiiy ofat oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan. 

Turkiyaning Milyas shahrida o‘rmon yong‘inlari issiqlik elektr stansiyasi yaqiniga yetib bordi. Bu haqda shahar meri Muhammad Toqat ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni nazorat qilib bo‘lmayapti va u xavfli nuqtaga yetgan.

Turkiyada bir haftadan buyon o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. 

Avvalroq mamlakat qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli 132ta yong‘indan 125tasi nazorat ostiga olinganini aytgandi.

Mamlakatning 32 viloyatida yong‘inlar qayd etilgan. Tabiiy ofat oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan. 

Yong‘inlarni o‘chirish uchun Xorvatiya, Ispaniya, Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon va Eron o‘t o‘chiruvchi samolyotlarini jo‘natgan.

Mavzuga oid