Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga depozit tizimi ixtiyoriy joriy etiladi
O‘zbekistonda ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga depozit tizimi joriy etiladi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Umarjon Abdullayev ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy joriy etish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga (tara) depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq:
- mahsulotlarni depozitli tarada ishlab chiqaruvchi yoki qadoqlovchilar, ulgurji va chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlari, depozitli tarada qadoqlangan mahsulot iste'molchilari, depozitli taralarni yig‘ish punktlari, shuningdek, depozit tizimi operatorlari depozit tizimi ishtirokchilari hisoblanadi;
- depozit tizimini joriy etgan tashabbuskor tomonidan sotuvga chiqariladigan har bir mahsulot birligining tarasiga iste'molchi uchun depozit to‘lovi to‘g‘risidagi ma'lumotni o‘z ichiga olgan depozit markirovkasi tushiriladi;
- depozit tizimi tashabbuskorlari depozit to‘lovi miqdori va depozitli tara aylanmasi usullarini mustaqil belgilaydilar;
- depozit to‘lovi depozitli tarada mahsulot realizatsiya qilinganida iste'molchidan qo‘shimcha tarzda undiriladi va depozitli tara belgilangan tartibda qaytarib topshirilganida, uni topshiruvchisiga qaytarib beriladi.
Mavzuga oid

13:02 / 29.07.2025
Quyoshda qolgan ichimliklar gormonal buzilish va boshqa xavfli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin

19:00 / 07.07.2025
SEVEN DATES PREMIUM: inqilobiy Italiya sog‘liq uchun ichimligi MDH bozorida

07:55 / 12.07.2024
“Tarkibida zaharli yoki zararli moddalar aniqlanmadi” – Sanepidqo‘mita kannabis ta’mli ichimlik sotilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

11:19 / 04.10.2023