Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga AQShdan 3 million doza «Moderna» vaksinasi olib kelinadi

Foto: Oasisamuel
AQSh COVAX dasturi doirasida 3 million doza “Moderna” kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini beg‘araz yordam sifatida ajratdi. Vaksinalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX dasturi orqali ajratildi va 29 iyul kuni Alabama shtatidan maxsus reys bilan O‘zbekistonga yetkaziladi.
AQSh Oziq-ovqat va dori vositalari sifati nazorati boshqarmasi (FDA) 18 yoshdan katta shaxslarda COVID-19’ning oldini olish uchun “Moderna” vaksinasini ma'qulladi. “Moderna” Jahon vaksinalar kongressi tomonidan koronavirusga qarshi eng yaxshi vaksina deb topilgan. Ushbu preparatning samaradorligi 94 foizdan yuqori, emlash kursi bir oy oralig‘ida qo‘llaniladigan 2 dozadan iborat.
“Moderna” vaksinasini boshqa preparatlardan farqli o‘laroq oddiy sovitkichda saqlash mumkin, bu uning keyinchalik O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqatilishini osonlashtiradi.
Avvalroq, AQSh Tojikistonga 1,5 million doza “Moderna” vaksinasi yetkazib bergani xabar qilingandi.
O‘tgan hafta AQSh davlat departamenti matbuot kotibi o‘rinbosari Jalina Porter brifing vaqtida AQSh 23ta davlatga, jumladan, Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida 22 mln doza vaksina yo‘llaganini ma'lum qilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Farg‘ona va Surxondaryo savdo uyi tashkil etilishi mumkin
Iqtisodiyot | 14:08
-
Pistorius: Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib bermaydi
Jahon | 13:55
-
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 13:39
-
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi
O‘zbekiston | 13:24
Mavzuga oid

00:36 / 14.01.2025
Moderna aksiyalari narxi 21 foizga tushib ketdi

11:34 / 06.12.2022
Pfizer va BioNTech kompaniyalari Moderna'ga qarshi patent da’vosi bilan sudga murojaat qildi

10:23 / 27.08.2022
Moderna va Pfizer o‘zaro sudlashadi

11:25 / 10.01.2022