Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Helena Freyzer «Yuksalish» umummilliy harakatining faxriy a'zosi bo‘ldi
BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer 2021 yil 22 iyul kuni mamlakatimizdagi missiyasini yakunladi. 1 sentyabrdan Freyzer xonim BMTning Dasturlar va siyosat boshqarmasi rahbari, BMTning 132 mamlakatdagi agentliklari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida yangi lavozimga kirishadi (BMTning Nyu-Yorkdagi shtab kvartirasida).

Helena Freyzer 2017-2021 yillarda O‘zbekistondagi faoliyati davomida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi tashkilotchilari qatorida bo‘ldi. Xususan, u BMTning yuqori darajadagi rasmiylari va donor davlatlar vakillari ishtirokida fond rasmiy ravishda ishga tushirilishida muhim rol o‘ynadi. To‘rt yil davomida fond Yevropa Ittifoqi, Koreya Respublikasi va Finlandiyaning 20 million AQSh dollaridan ziyod mablag‘larini jalb qila oldi.
Helena Freyzer, shuningdek, BMT tizimlarining O‘zbekistondagi konstruktiv ishtirokini kengaytirishga ko‘maklashdi, jumladan, uning ko‘magida Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarning O‘zbekistondagi vakolatxonasi qayta faoliyat boshladi, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochildi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti O‘zbekistonda rasman akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Freyzer xonim O‘zbekistondagi faoliyati mobaynida mamlakat va prezident Shavkat Mirziyoyevning inson huquqlari, yoshlar siyosati, gender tenglik, so‘z erkinligi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolik berish masalalarini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatladi.
«Helena Freyzer "Yuksalish" umummilliy harakatining faxriy a'zosi bo‘ldi va unga a'zolik sertifikati taqdim etildi. Harakat jamoasi Freyzer xonimga samarali hamkorlik qilgani, ko‘plab g‘oya va tashabbuslarni, qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiradi, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!» deyailadi «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 mlrd dollarlik investitsiya, 100 mln tonna neft va 35 mlrd kub metr gaz – SOCAR bilan imzolangan bitim tafsilotlari
O‘zbekiston | 18:25
-
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20
-
Har uch o‘zbekistonlikdan biri pul jamg‘armaydi - so‘rovnoma
Iqtisodiyot | 17:52
-
“Navoiyuran” va NKMK xodimlari uran radioaktiv moddasini sotishga uringani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:32
Mavzuga oid

17:36 / 12.07.2025
O‘zbekistonga to‘y islohoti kerak: jamiyat o‘zgarishlarga tayyor

18:51 / 11.06.2025
Qog‘ozda hammasi yaxshi, amalda-chi? Ichimlik suvi ta’minotida keng ko‘lamli kamchiliklar aniqlandi

13:32 / 16.05.2025
So‘rovnoma: Toshkentga qanday bog‘lar kerak?

11:11 / 09.05.2025