Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Vazir Van I davlatimiz rahbariga XXR Raisi Si Tszinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligini rivojlantirish borasidagi tashabbusi yuksak baholandi va qo‘llab-quvvatlandi, Toshkent shahrida o‘tkaziladigan konferensiya muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirildi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalar va ko‘p qirrali hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarida qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Pandemiyaga qarshi kurashda yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta'kidlandi.
Xalqaro kun tartibi, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh elchixonasi: Ta’lim vizalariga talabgor o‘zbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari ochiq bo‘lishi kerak
Jahon | 15:04
-
TMK – O‘zbekistonni kritik minerallar global bozorida trendga chiqarmoqda
O‘zbekiston | 15:00
-
Yevropa bilan gaplashishni xohlamayotgan Eron, Putinning ajabtovur bayonotlari va Iordaniyaga kelgan F-22 eskadroni – kun dayjesti
Jahon | 14:58
-
Yaqin Sharqda urush olovi va Putinning bayonotlari - “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 14:47
Mavzuga oid

08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

00:30 / 25.12.2024